BMT O‘zbekistonni Nukus voqealari yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi

BMT O‘zbekistonni Nukus voqealari yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Oliy komissari Folker Turk O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha mamlakat rasmiylariga bir qator tavsiyalar berdi.

Ular ayollar va ozchiliklar huquqlari, mahbuslarni saqlash, ommaviy axborot vositalari erkinligi va Qoraqalpog‘istondagi voqealarni tergov qilish bilan bog‘liq.

“Nukus shahrida men (…) hukumat va fuqarolik jamiyati vakillari bilan 2022-yil iyul oyida yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan ochiq suhbatlar o‘tkazdim. Men shaffof va mustaqil tergov o‘tkazish, jumladan, insonlarning halok bo‘lishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirganimni takrorladim”, — dedi Turk.

U, shuningdek, gender tafovutini yopish va bir jinsli munosabatlarni dekriminallashtirishni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!