BMT O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natadi

BMT O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natadi

BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekiston orqali afg‘on xalqiga gumanitar yordam jo‘natadi.
Gumanitar yordam ortilgan uchta samolyotni dastlab O‘zbekistonga yuborish rejalashtirilmoqda. Keyin gumanitar yuk Termizdan Hayraton chegara punkti orqali Mozori Sharifga yetkaziladi.
Termizga samolyotlarning birinchisi oktyabr oyining o‘rtalarida kelishi kutilmoqda. Gumanitar yuklarda birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkaziladi.
BMT bugungi kunda afg‘on oilalarining atigi besh foizi yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlangani haqida ogohlantirgan.

O‘zbekiston mustaqil ravishda ham Afg‘onistonga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Sentyabr o‘rtalarida qo‘shni mamlakatga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bundan tashqari, respublika Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar bilan afg‘on xalqiga yordam berish masalalarini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, BMT Afg‘onistonga oziq-ovqat yordamini ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini tashkil etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!