BMT o‘z xodimlarini “Sputnik V” bilan emlanishga chaqirdi

BMT o‘z xodimlarini “Sputnik V” bilan emlanishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘z xodimlarini Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgan mamlakatlarda u bilan emlanishga chaqirdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Moskvaga tashrifi arafasida Rossiya OAVlariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz, albatta, “Sputnik” bilan emlash ishlarini o‘tkazayotgan mamlakatlarda ishlayotgan BMT xodimlarini bu vaksina bilan emlanishga chaqiramiz”, - dedi Gutteresh. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida tashkilot xodimlariga bepul vaksina taqdim etish taklifini bildirgan edi.

“Sputnik V” vaksinasidan allaqachon 64 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!