BMT sudi Bokuga Qorabog‘dan kelgan qochqinlarning qaytishiga ruxsat berishni buyurdi

BMT sudi Bokuga Qorabog‘dan kelgan qochqinlarning qaytishiga ruxsat berishni buyurdi

BMT sudi Bokuga Qorabog‘dan kelgan qochqinlarning qaytishiga ruxsat berishni buyurdi.

Boku Tog‘li Qorabog‘dan qochgan va qaytish istagida bo‘lganlarning xavfsiz, to‘siqsiz va tez qaytishini, shuningdek, mintaqada qolgan va uni tark etishni xohlovchilarning chiqishini ta’minlashi kerak, deb qaror qildi Xalqaro sud.

Ozarboyjonning harbiy amaliyotidan so‘ng ikki hafta ichida deyarli butun arman aholisi – 100 mingdan ortiq kishi Tog‘li Qorabog‘ni tark etgan edi.

Ozarboyjon mintaqada qolgan odamlar zo‘ravonlik yoki qo‘rqitishga duchor bo‘lmasligini ta’minlashi kerak, deya ta’kidladi sud. Boku sakkiz hafta ichida aholini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!