Bloomberg dunyo milliarderlarining yangi reytingini e’lon qildi

Bloomberg dunyo milliarderlarining yangi reytingini e’lon qildi

Bloomberg dunyo milliarderlarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Nashr talqiniga ko‘ra, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno 191 mlrd dollar bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Uning boyligi hisobot davrida 29 mlrd dollarga ko‘paygan.

Ikkinchi o‘rinni SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask band etgan. Maskning boyligi 169 mlrd dollarni tashkil etgan.

Amazon asoschisi Jeff Bezos esa 129 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi o‘tgan davr mobaynida 8 mlrd dollarga oshgan.

Bloomberg talqiniga ko‘ra, Top-10 milliarderlar

  1. Bernar Arno, Fransiya, 191 mlrd dollar, LVMH
  2. Ilon Mask, AQSH, 169 mlrd dollar, Tesla, SpaceX
  3. Jeff Bezos, AQSH, 129 mlrd dollar, Amazon
  4. Bill Geyts, AQSH, 113 mlrd dollar, Microsoft
  5. Uorren Baffet, AQSH, 108 mlrd dollar, Berkshire Hathaway
  6. Larri Ellison, AQSH, 103 mlrd dollar, Oracle
  7. Larri Peyj, AQSH, 92,7 mlrd dollar, Google
  8. Stib Balmer, AQSH, 90,2 mlrd dollar, Microsoft
  9. Sergey Brin, AQSH, 89,1 mlrd dollar, Google
  10. Karlos Slim, Meksika, 85,7 mlrd dollar, Grupo Carso

Shuningdek, Rossiyaning USM Holdings Limited kompaniyasi egasi, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda 81-o‘rinda qayd etilgan. Uning boyligi yil davomida 1,26 mlrd dollarga ko‘payib, 19,7 mlrd dollarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!