Bloger «Qora Malibu» voqeasi bo‘yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat qildi

A A A
Bloger «Qora Malibu» voqeasi bo‘yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat qildi

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Olmaliq shahrida YPX xodimi «yuqoridan kelgan» buyruq tufayli qoida buzilgani uchun to‘xtatilgan qora rangli «Malibu-2» avtomobili qo‘yib yuborilishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi.

«Baliq boshidan sasiydi» deya sarlavha qo‘yilgan postda yuqori idoralardan bu hodisa bo‘yicha to‘liq hisobot berilishi so‘ralgan, buyruq berganlarning ism-sharifi, lavozimi ochiqlanishi va ularga qat’iy jazo chorasi qo‘llash kerakligi, eng birinchi bo‘lib topshiriq bergan odamni tizimdan butunlay, bir umrga haydash kerakligi ta’kidlangan.

«Toshkent» telekanalidagi lavhani ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Olmaliq shahrida 01 584 AAA raqamli qora «Malibu»ni YPX inspektori to‘xtatadi. Kamar taqmagani uchun jarima yoza boshlaydi va ishonchnoma hamda tonirovka ruxsatnomasini so‘raydi. Shu payt rasiya orqali kimdir kimgadir aloqaga chiqib, «xodimni ushlab turishgan ekan, rahbarlardan, shundoq aloqaga chiqing, qo‘yvorishsin» deb topshiriq berdi. Topshiriqni olgan «101» esa inspektorga aloqaga chiqib, «Ko‘p gapirmasdan, yaxshi yetib oling deb qo‘yib yubor» dedi.

E’tibor bering, topshiriq berganlarning birortasi nima qoida buzgan, deb so‘ramadi. «Qo‘yvor» dedi bo‘ldi. U mastmi, chakvoganmi, odam urganmi, hujjati joyidami, farqi yo‘q. Telefon bo‘ldimi, qo‘yib yuborish kerak, tamom.

Inspektor bechoraning ham oilasi, bola-chaqasi bor, boz ustiga harbiylashgan tizimlarda yuqoridan berilgan topshiriq muhokama qilinmaydi, «tushundim sizni» dediyu, qo‘yib yubordi. Ammo jurnalistlarga qarab alam bilan «chiqarasizlarmi buni?» deb so‘radi.

Nega alam bilan? Chunki inspektorlar ham qoidabuzarlarning yonini oladigan hojatbaror rahbarlarning noqonuniy topshiriqlaridan to‘yib ketgani aniq. Axir hammamiz yaxshi bilamizku, GAIga tushib qolsa, bitta telefon bilan chiqib ketish O‘zbekistonda «moda»ga aylangan. Va bu faxrlanadigan ish. Choyxonalarda o‘rtoqlariga maqtanib aytib beriladigan voqea bu. Qolganlar ham uning tanishlari naqadar kuchli ekanligini eshitib, havas qiladi. Menda ham shunaqa tanish bo‘lsa-yu, bitta telefon bilan istalgan muammomni hal qilsam, deb orzu qiladi.

Xo‘sh, O‘zbekiston qachongacha tanish-bilishlar davlati bo‘ladi? Tanishi bo‘lsa telefon qilgani ham mayli, ammo YPX xizmatidagi rahbarlar nega bunaqa qoidabuzarlarning oldiga tushadi?

O‘sha rahbarlarni gapirtirsa, xalq YPH inspektorilarini yomon ko‘radi, bizga ishonmaydi, bizga hurmatsizlik qiladi, deb nolishni biladi. Lekin buni avvalo o‘zlari boshlab berishadi.

Tepadagi qo‘ng‘iroqlardan o‘lgudek qo‘rqadigan rahbarlar, qani aytinglarchi, sizlar kecha-yu kunduz issiqda xalq xizmatida bo‘lib turgan o‘z xodimlaringizni mana shunday botqoqqa botirishga, ularni qaysidir «krutoy»larning oldida sharmanda qilishga uyalmaysizlarmi? Vijdoningiz qiynalmaydimi?» deya savollar qo‘yadi bloger.

U yo‘l-patrul xizmati sohasini isloh qilish bo‘yicha oxirgi yillarda ko‘p ishlar qilinayotganini e’tirof etgan, shu bilan birga islohotni eng avvalo tizimdagi mana shunday «tanka»lardan tozalash boshlanmasa, bari befoyd ekanini. mansabini suiiste’mol qiladigan, qonunlarga tupurib qo‘ygan, o‘z hamkasblarini qoidabuzarlar oldida yer bilan bitta qiladigan bunaqa vijdonsizlar ishlashda davom etsa, soha odam bo‘lmasligi aniqligini qayd etgan.

Post davomida Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilinadi.

«Ushbu lavha bo‘yicha to‘liq hisobot berishingizni so‘raymiz. Buyruqni berganlarning ism-sharifi kim, lavozimi qanaqa? Birinchi buyruqni bergan eng kattakondan boshlab «101»gacha, barchasini ochiqlang. Va ularga qat’iy jazo chorasi qo‘llash kerak. Ayniqsa eng birinchi bo‘lib topshiriq bergan odamni tizimdan butunlay, bir umrga haydash kerak. Shunchaki uzr so‘rab, «bilmay qolibman, tavba qildim, ko‘zim endi ochildi» degan echki qasamlar o‘tmasligi kerak. Toki bu boshqalarga ham saboq bo‘lar edi.

«Malibu»dagi «xodim» kimligiga ham aniqlik kiritilishi, qonuniy xizmat vazifasini o‘tayotgan organ xodimiga nisbatan yuqori lavozimdagi tanishlari orqali bosim o‘tkazmoqchi bo‘lganiga huquqiy baho berilishi kerak.

Yana qaytaraman, ushbu voqea bo‘yicha qilingan ishlarga qarab, yo‘l harakati sohasi yaqin o‘rtada odam bo‘ladimi yoki umid qilmaslik kerakmi, xulosa chiqarib olsa bo‘ladi. Mana shu eng burilish nuqtasi. Yoki siyosiy iroda va qat’iyat ko‘rsatiladi, yoki yuraveramiz yana eski shaltoq aravamizda», deydi bloger.

Shuningdek, bu voqeada ham eng katta rahbarlar suvdan quruq chiqib, pastdagi oddiy xodimlar ishdan haydalmasligiga umid qilingan va inspektor Abror Ismoilov o‘zining qonuniy harakatlari uchun ishdan ketmasligi jamoatchilik diqqat markazida turishi kerakligi ta’kidlangan.

Bugun, 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan YPX xodimi rasiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgani tasvirlangan video tarqalgandi.

Unda xizmat vazifasini bajarib, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida YPX inspektoriga rasiya orqali aloqaga chiqilgani va Malibu’ni qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq berilganini ko‘rish mumkin. «Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor», degan buyruq beruvchi ovoz.

Keyinroq Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati bu bo‘yicha ma’lumot berib, bu hodisa 28 iyul kuni Olmaliq shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida sodir bo‘lgani, inspektor «O‘zbektemir yo‘lmashta’mir» unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan avtomobilni haydovchi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani uchun to‘xtatgani, unga qoidabuzarni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga esa chora ko‘rilganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim агентлиги хабарига кўра, Эроннинг Лористон вилоятида Американинг портламай қолган GBU-39 SDB бомбаси шикастланмаган ҳолда мамлакат қуролли кучлари ихтиёрига ўтган.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Eron hukumati sulhdan bosh tortadi, agar...

Эрон ҳукумати агар Исроил армияси Ливандаги нишонларга ҳужум қилишда давом этса, Қўшма Штатлар ва Исроил билан икки ҳафталик сулҳга содиқ қолиш мажбуриятини бажаришдан бош тортади.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.