Blinken Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuvda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash oqibatlari haqida ogohlantirdi

Blinken Xitoy tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan uchrashuvda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash oqibatlari haqida ogohlantirdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda Pekinning Rossiyani qo‘llab-quvvatlashi oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti xabar berdi.

“Agar XXR Moskvaga yordam bersa, Blinken yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni aytib o‘tdi”, — deyiladi nashrda.

Shu bilan birga, AQSh Davlat kotibi Vashington Pekin bilan umumiy manfaatlar doirasida hamkorlikka ochiqligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!