"Bizda hammasi halol": Toshkentda shirin xayollarga berilgan Lola yigitlarning tuzog‘iga ilindi

"Bizda hammasi halol": Toshkentda shirin xayollarga berilgan Lola yigitlarning tuzog‘iga ilindi

Yangi turar-joy olish niyatida anchadan beri mablag‘ yig‘ib yurgan Lola poytaxtning turli tumanlarida qurilib, sotilayotgan xonadon va uylar sotuvi haqidagi reklama va e’lonlarni kuzatib borardi. Biroq orzusidagi uyga yetishish uchun puli kamlik qilayotgandi. 2022 yilning dekabr oyida internet tarmog‘idagi navbatdagi e’lonlarni kuzatib o‘tirarkan, qiziqarli e’longa ko‘zi tushdi. Unda yozilishicha, firma mijoz xarid qilmoqchi bo‘lgan ko‘chmas mulkni sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun mijoz xonadon umumiy qiymatining 25 foizini firmaning hisob-raqamiga o‘tkazishi va 4 foiz xizmat haqqi to‘lashi, to‘lov o‘tgandan so‘ng ikki hafta ichida sotib olingan uy kaliti mijozga topshirilishi, keyin mazkur uyni garovga qo‘yish orqali banklardan birida yillik 12 foizli kredit rasmiylashtirilishi bayon etilgandi. Ko‘p o‘ylamay Lola ishonib-ishonmay, ko‘rsatilgan firmaga ko‘ng‘iroq qildi. O‘zini Bahodir deb tanishtirgan yigitdan e’londagi so‘zlar rostmi, deb so‘radi.

– Nimaga ishonmayapsiz? Biz tufayli ko‘plab mijozlar o‘zlari istagan uy egalariga aylandi, – dedi u so‘zlariga urg‘u berib. – Ishonmasangiz ofisimizga keling va mijozlarimiz bildirgan minnatdorlik so‘zlari bilan tanishing, – dedi ovozini balandlatib yigit.

Lola bu so‘zlardan so‘ng o‘zini noqulay his qilib, go‘yoki aybini yuvmoqchi bo‘lgandek, ofis manzilini so‘radi. Ovoz muloyimlashib, manzilni aytarkan, lokasiya tashlashga va’da berdi. Ertasi kuni Lola manzilga bordi. Muhtasham binoga osilgan lavha unda ishonch uyg‘otdi. Lola birinchi qavatda joylashgan ofis ichkarisiga kirdi: ichkari ozoda va shinamgina edi. Uning oldiga ma’muriyatdan bir qiz kelib tashrif boisini so‘radi va uchrashishi kerak bo‘lgan xona raqamini aytdi. Xonada ikki nafar yosh xodim bo‘lib, ulardan biri Lolaga o‘tirishni taklif qildi. Ular o‘zlarini Niyoz va Shuhrat deb tanishtirdi. Niyoz uy olish shartlari haqida gapirarkan, bu ishda yo‘qotish nol foiz ekanligi, ish halollik va yana halollik asosida yuritilishini bir necha bor takrorladi. U so‘zlarini isboti sifatida shartnomalar bilan to‘la jildlarga ishora qilarkan, ular mijozlarning rahmatnomalari ekanligini ta’kidladi. Bu orada bir necha qo‘ng‘iroqlar ularning suhbatini bo‘lar, telefonni ko‘targan Shuhrat yoki Niyoz uzr so‘rab, xonadan chiqmay, navbatdagi mijozga uy kalitini topshirish sanasini aytib, chiroyli so‘zlar bilan tabriklar edi. Lolaning shubha-gumonlari tarqab ketdi. Mamnun holda, o‘zi olmoqchi bo‘lgan uy manzilini va narxini aytdi. Shu zahotiyoq shartnoma to‘ldirilib, imzolar qo‘yildi, muhrlar bosildi. Lola uch kunlik muhlat ichida firma hisob raqamiga xonadon narxining 25 foizi hamda ko‘rsatilgan xizmat uchun 4 foiz pul to‘lashi kerak edi. U shartlarni bajarib, keyingi jarayon – bankka borib kredit rasmiylashtirish kunini kuta boshladi. Biroq har safar bu ish Niyoz va Shuhrat tomonidan ortga surilaverdi. Vaqt o‘tib Lola chuv tushganini angladi va ichki ishlar idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Tergov davomida jabrdiyda birgina Lola emas, yana besh kishi firibgarlarning tuzog‘iga ilingani fosh bo‘ldi. Uddaburon qalloblar soddadil insonlardan 1.397.932.330 so‘m pullarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi 38 yoshli Bahodir, 30 yoshli Shuhrat va 26 yoshli Niyozlarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan aybli deb topdi. Bahodir 8 yilu 6 oy, Shuhrat 8 yilu 3 oy va Niyoz 8 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

Cho‘ntakka zarba: Go‘sht narxi “uchib ketdi” – O‘zbekistonda mart oyida 9,1% oshdi!

Ўзбекистонда инфляция янада кучайди – йиллик кўрсаткич 10,3% га етди!

Eron oltita davlatni ogohlantirdi

Шунингдек, Эрон қуролли кучлари юқори жанговар шай ҳолатга келтирилди

Krishtianu Ronaldu o‘zining birinchi futbol klubini sotib olmoqchi

Агар "Валенсия" мавсум якунларига кўра Ла Лигани тарк этмаса, харид амалга ошиши мумкин.

TEZKOR AXBOROT: O‘zbekistonning ba’zi hududlarini suv bosishi mumkin

4-7 апрель кунлари ёмғирлар бошланади – сел ҳудудлари эълон қилинди!

Quvayt endi Eronga oshkora va’da berdi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан чоршанба куни тушда Қувайт амири Наваф Ал-Аҳмад Ал-Жобир Ас-Сабоҳ билан телефон орқали суҳбатлашди

Endilikda 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratda bo‘ladi

Бу ҳақда Марказий банк ва Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти қарор қабул қилди.

Rossiyaning urush mashinasi tezlashmoqda

Россия ўз ҳарбий салоҳиятини таҳлилчилар башорат қилганидан ҳам тезроқ оширмоқда.

AQSh Rossiyaga "tinchlik uchun" soat qo‘ydi – muddat haftalarda hisoblanadi!

АҚШдан Россияга сўнгги огоҳлантириш: Тинчликка тайёрмисиз ёки...?

Xitoy AQSh bilan savdo urushida g‘alaba qozondi

Бу ҳақда Американинг The Wall Street Journal газетасидаги мақолада айтилади.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Janubiy Koreya KXDR askarlariga qarata o‘t ochdi, sababi...

Бу ҳақда "Рёнхап" хабар бермоқда.

Zelenskiyning asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi

Бу ҳақда АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Карен Квятковски маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Rossiya armiyasi hujumga o‘tmoqda

"Оғир шароит, доимий ўт остидан ҳаракат" — Украина ҳарбийлари ҳолатни баён қилмоқда.

AQSh Ukraina chegarasidagi bazani bo‘shatmoqda – bu nima degani?

АҚШ Украинага ҳарбий таъминот етказиб берувчи асосий марказ бўлган Полшанинг Ясенки шаҳридан қўшин ва техникасини олиб чиқишини эълон қилди.

Damas’chilar mashinangizga ehtiyot bo‘ling!

Тошкент вилоят ЙҲХБ транспорт воситасини олиб қочиш билан боғлиқ жиноятларда кўпинча Damas хўрак бўлаётганини маълум қилди.

Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

ИИВ матбуот котиби Шоҳрух Ғиёсовнинг маълум қилишича, ўтказилган тезкор-қидирув тадбири жараёнида фуқародан жами 0,69 гр гашиш гиёҳванд моддаси олинган.

Toshkent shahrida 1,5 mlrd so‘mlik hujjatsiz elektron tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Sergelida ikki yigit o‘z uyida pichoqlanib ketildi

Қайд этилишича, 7 апрель куни гумонланувчи йигит танишининг уйига меҳмонга келади ва улар ўртасида жанжал келиб чиқади.

Dominikan Respublikasidagi klub tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi

Қутқарувчилар ҳанузгача вайроналар остидан одамларни чиқаришда давом этмоқда, жароҳатланган 155 киши касалхонага ётқизилган.

Bundesver qayta qurollanishga tayyorlanmoqda - Bild

Германиянинг сув ости кемалари ишлаб чиқариладиган Thyssenkrupp кемасозлик корхонаси раҳбарияти ишчилар сони 100 кишидан 1600 кишигача кенгайтирилишини эълон қилди.

Tramp Xitoyning javob tariflarini qoidalarni buzish deb atadi

АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

AQSh Tehronga qarshi kuch ishlatish imkoniyatidan voz kechishi kerak

Бу ҳақда Ислом Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги раҳбари Аббос Арагчи The Washington Post сайтида чоп этилган мақоласида маълум қилган.

Amnesty International xatarli tendensiya haqida bong urdi

Халқаро ташкилот ўлим жазоси ижроси билан боғлиқ рақамлар бундан ҳам кўп экани, чунки айрим давлатлар статистикани ошкор этмаслигини таъкидлаган.

Tramp o‘zi joriy etgan bojdan 500 mln dollar zarar ko‘rdi

АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.

Mehmonlar ustidan pul sochgan kuyov olti oyga qamaldi

Бу ҳақда Le Figaro хабар берди.

AQSh Oliy sudi Trampga muhojirlarni deportasiya qilishga ruxsat berdi

АҚШда муҳожирлар хавф остида. Олий суд Трампнинг талабини қондирди.

Dunyo yana xavf ostidami? JSST 'yangi pandemiya' haqida jiddiy ogohlantirdi

"Кейинги пандемия муқаррар!" – ЖССТ огоҳлантируви барчани ҳушёрликка чорлаяпти.

Andijonda “Zil” tormozi ishlamay qolib, uyni buzib yubordi

Вилоят ЙҲХБга кўра, бугун соат 13:10 ларда Асака туманида иккинчи даражали йўлда ҳаракатланаётган “Зил ММЗ” юк машинаси тормоз тизимидаги носозлик сабабли йўл четидаги уйга бориб урилган.

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan o‘lik holda topildi

Расмийларга кўра, 4 апрелдан буён Бухоро шаҳрида бўлган ва юрак хуружидан вафот этганликда гумон қилинмоқда.

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув экипажлари айтилган манзилга соат 07:47 да етиб бориб, ёнғин соат 07:57 да ўчирилди.

Nigeriya shimolida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 52 kishi halok bo‘ldi

Плато штати узоқ вақтдан бери деҳқонлар ва чорвадорлар ўртасидаги кескинлик ва даврий тўқнашувлар ҳудуди бўлиб келган.

NATO Xitoyning harbiy salohiyatidan hayratda

Бу ҳақда НАТО бош котиби Марк Рютте Japan Times билан суҳбатда маълум қилди.

Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropadan kuchliroq bo‘lib qoldi

Россия Украинадаги уруш бошланганидан бери Европадан кучлироқ бўлиб қолди — деб ёзади Германиянинг Die Welt нашри.

Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

Андижон шаҳрида таксичилик қилувчи шахс Россия фуқароси билан тил бириктириб, ўзбекистонликларни Россия-Украина урушига ёллашга уринган.

Ilon Maskning milliarder bo‘lishiga yo‘l ochgan to‘qqizta kitob ro‘yxati e’lon qilindi

Илон Маскнинг миллиардер бўлиши учун таъсир кўрсатган тўққизта китоб эълон қилинди деб хабар бермоқда akpars.ru.портали.