AQSh Sharqiy Yevropadan 10 ming askarini olib chiqishi mumkin

AQSh Sharqiy Yevropadan 10 ming askarini olib chiqishi mumkin, deb xabar qilmoqda NBC
Amerika telekompaniyasining AQSh va Yevropadagi oltita anonim manbadan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarining bir qismi Polsha va Ruminiyani tark etishi mumkin. Biroq Pentagon bu ma’lumotni hali tasdiqlamadi.
Ayni paytda amerikaliklar Polsha janubi-sharqidagi Rzeshov aviabazasini tark etishi ma’lum: AQSh qurolli kuchlarining Yevropa va Afrikadagi Oliy qo‘mondonligi Visbadenda joylashgan qo‘shinlarni u yerdan olib chiqish rejalarini e’lon qildi.
Yevropada jami 100 mingga yaqin Amerika askarlari joylashgan, ulardan 65 mingtasi doimiy asosda, qolganlari esa rotasiyada.
AQShning Yevropadagi qo‘mondoni Kristofer Donaxuning tushuntirishicha, harbiylarni qayta joylashtirish “Amerika soliq to‘lovchilarini o‘n millionlab dollarlarni tejash” imkoniyati bilan bog‘liq. Polsha prezidenti Anjey Dudaning ta’kidlashicha, bu Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish emas, balki qayta joylashtirish masalasi. Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish X-da amerikalik askarlarning Polshada qolishini, "lekin boshqa joylarda" qolishini yozgan. Bu haqda 2024-yilda NATOda kelishilgan edi.
Rzeshov Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun muhim logistika markazi hisoblanadi. Polsha va boshqa NATO ittifoqchilari amerikaliklar olib chiqib ketilgandan keyin ayeroportni himoya qilishi kerak. Germaniya qurolli kuchlari 2025 yil yanvar oyida yaqin atrofda ikkita Patriot havo mudofaa tizimini joylashtirdi.