“Biz bu yerda garovga olinganmizmi?” Qariyalar uyi yashovchilari prezidentga shikoyat qilishdi

“Biz bu yerda garovga olinganmizmi?” Qariyalar uyi yashovchilari prezidentga shikoyat qilishdi

Saxalindagi keksalar va nogironlar uyining yashovchilari video va audio xabarlar yozib,  Rossiya prezidenti Vladimir Putinga muassasada joriy etilgan yetti oylik izolyasiya haqida shikoyat qilishdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Saxalin aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, cheklov choralari mintaqada koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfi tufayli kiritilgan.

«Biz suv osti kemasidagidek yashaymiz. Biz bu yerda garovga olinganmizmi?.. 1 oktyabrgacha hech bo‘lmaganda ko‘chaga chiqib, toza havo olayotgan edik, ammo bugun xonalarimizga qamab qo‘yilganmiz», - deya shikoyat qilgan qariyalardan biri videomurojaatda.

Muassasa yashovchilari voqeada Saxalin viloyati aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligini ayblamoqda. Erta tongdan to kechgacha eshitiladigan qurilish texnikasining shovqini ham ularni g‘azablantirmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, cheklov choralari 23 martdan boshlab COVID-19 tarqalishi xavfi tufayli mintaqadagi barcha ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida joriy qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!