Bishkek Tojikiston bilan chegaradagi mojaroda halok bo‘lganlar sonini aytdi

Bishkek Tojikiston bilan chegaradagi mojaroda halok bo‘lganlar sonini aytdi

Tojikiston bilan chegaradagi mojaroda Qirg‘iziston fuqarolari halok bo‘lganlar soni 62 nafarga etdi, deb xabar bermoqda “Kabar” agentligi respublikaning Botken viloyati sog‘liqni saqlash koordinatori Arzibek Borubekov ma’lumotlariga tayanib.

Unga ko‘ra, jami 198 nafar fuqaro jabrlangan, ulardan 13 nafari bolalar.

Qurbonlar orasida - 171 nafari erkak va 19 nafari ayol.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining bahsli uchastkalarida navbatdagi qurolli to‘qnashuv 16 sentyabr kuni sodir bo‘ldi.

Bishkek va Dushanbe bir-birini provokasiyada aybladi.

Qirg‘iziston chegara hududlaridan 140 mingga yaqin odam evakuasiya qilganini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!