Bir nechta xususiy bandlik agentliklari lisenziyasi to‘xtatildi

Bir nechta xususiy bandlik agentliklari lisenziyasi to‘xtatildi

“Oxiana work xususiy bandlik agentligi”, “Taraqqiyot milliy markazi xususiy bandlik agentligi”,  “World work xususiy bandlik agentligi” va “Work in World xususiy bandlik agentligi” MCHJlarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi to‘xtatildi. Bu haqida Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi xabar berdi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga  “Oxiana work xususiy bandlik agentligi”, “Taraqqiyot milliy markazi xususiy bandlik agentligi”,  “World work xususiy bandlik agentligi” va “Work in World xususiy bandlik agentligi” MCHJlar faoliyati ustidan shikoyat arizalari kelib tushgan. Mazkur agentliklar fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva davlatlariga ishga joylash uchun va’da bergan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan. 

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 50-bandiga muvofiq, “Oxiana work xususiy bandlik agentligi”, “Taraqqiyot milliy markazi xususiy bandlik agentligi”,  “World work xususiy bandlik agentligi” va “Work in World xususiy bandlik agentligi” MCHJlar lisenziyasining amal qilishi belgilangan tartibda bekor qilinishi yuzasidan qaror qabul qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!