Bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bino inshootni foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi A.YU. fuqaro O.A.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!