Bill Geyts: "Hali hammasi oldinda!"

Bill Geyts: "Hali hammasi oldinda!"

Koronavirusga davo bo‘luvchi muqarrar vaksina uchun mablag‘ ajratishga tayyor bo‘lgan Microsoft asoschisi Bill Geyts joriy yilning kuz faslida bu infeksiya bilan bog‘liq vaziyat yoz faslidagidan yomon bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Fox Business agentligi ma’lum qildi. 

«Kuz yozdan ko‘ra og‘irroq kechadi», dedi u.

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish ko‘rsatkichlari hozirdanoq o‘sib bormoqda, sovuq kunlar boshlanishi bilan odamlar vaqtlarini yopiq xonalarda o‘tkazishadi, bu holat kasallanish soni ortishiga olib keladi. 

Bundan tashqari, Microsoft asoschisi vaksina paydo bo‘lguniga qadar odamlarda virusga qarshi kurash olib borishning yagona yo‘l borligini va bu yo‘l o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilish ekanligini ta’kidladi. 

«Afsuski, bu borada bizda jiddiy charchoq to‘plandi, juda ko‘p salbiy holatlar mavjud. AQShda niqob taqish rejimiga amal qilishning o‘zi yetarli darajada muammoli holat», qo‘shimcha qildi u. 

Bir muddat oldin, Bill Geyts koronavirus pandemiyasi kamida 2022 yilga qadar davom etishi haqida ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!