Berlinda ota-onalar bolalar xavfsizligi uchun yo‘lda mustaqil ravishda to‘siqlar o‘rnatadi
Berlinda maktab o‘quvchilarining ota-onalariga bolalar xavfsizligi uchun yo‘lda mustaqil ravishda to‘siqlar o‘rnatish topshirildi.
Berlindagi Nelson Mandela nomidagi boshlang‘ich maktabning ota-onalari bolalarini maktabga olib borishda xavfsizligini ta’minlash uchun har kuni 700 kilogramm yo‘l to‘siqlarini o‘rnatmoqda.
Gap shundaki, ko‘chaning maktab joylashgan qismida avtomashinalar harakati vaqtincha cheklangan, biroq ota-onalar har kuni o‘zlari to‘siqlar o‘rnatishlari va olib tashlashlari kerak. Ertalab 500 ga yaqin bola maktabga keladi. Ularni mashina urib yubormaslik uchun ota-onalar yo‘lga 18 ta belgi va to‘siq qo‘yishadi.
Mahalliy ma’muriyat mansabdor shaxslar faqat xavfsizlik choralarini tartibga solishini, lekin ularni amalga oshira olmasligini tushuntirdi.
«Ota-onalar bir necha bor to‘siqlarni o‘rnatishda yordam berish istagini bildirishgan», dedi mahalliy rasmiy Oliver Shruffeneger.
Qiyinchiliklarga qaramay, ota-onalar nihoyat vaqtinchalik xavfsizlik choralari qabul qilinganidan xursand.
«Biz bolalar endi ko‘proq himoyalanganidan xursandmiz, ammo bizga to‘liq va doimiy chora kerak. Rasmiylar haqiqiy xavfsizlikni ta’minlamaguncha biz ortda qolmaymiz», dedi ota-onalardan biri Florian Kobler.