Belgiyaning eng obro‘li imomi mamlakatdan haydaldi
Belgiya hukumati Bryusseldagi "Al-Xalil" masjidi imomi, Marokash fuqarosi Muhammad Tujganining yashash uchun ruxsatnomasini bekor qildi, deb xabar berdi payshanba kuni Belgiyaning RTBF telekanali.
"U Belgiyani tark etishi haqida bildirishnoma oldi va 10 yilga kirish taqiqlandi. Menimcha, uning hayoti xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, chet el ta’sirini minimallashtirish muhim", - dedi Belgiyaning migrasiya va boshpana masalalari bo‘yicha davlat kotibi Sami Mahdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tujgani "Belgiyadagi eng nufuzli imom" va hozir mamlakat tashqarisida.
Belgiya maxsus xizmatlariga ko‘ra, imom milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda.
Ommaviy axborot vositalari Tujgani ekstremistik deb tasniflangan bayonotlar bergani haqida xabar qildi. Keyinchalik imom uzr so‘ragan.