Bayden Kongressni zudlik bilan Kiyevni moliyalashtirish so‘rovini ma’qullashga chaqirdi

Bayden Kongressni zudlik bilan Kiyevni moliyalashtirish so‘rovini ma’qullashga chaqirdi

Amerika prezidenti Jo Bayden o‘zining maxsus murojaatida AQSh Kongressini Rojdestvo bayramlari oldidan Kiyev uchun moliyalashtirish so‘rovini ma’qullashga chaqirdi.

Amerika rahbarining nutqi Oq uy veb-saytida translyasiya qilinadi.

“Buni kutish mumkin emas. Kongress Ukraina uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ular bayram tadbirlariga sarflashni boshlashdan oldin tasdiqlashi kerak”, dedi u.

Amerika rahbari, shuningdek, AQSh Kiyevga yordam bermasa, bu Ukrainaga Yevropa davlatlarining qo‘llab-quvvatlashini xavf ostiga qo‘yishini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!