Bayden: "Biz Yer yuzidagi eng buyuk davlatda yashash baxtiga sazovormiz"

Bayden: "Biz Yer yuzidagi eng buyuk davlatda yashash baxtiga sazovormiz"

AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinlashib kelayotgan Shukronalik kuni sharafiga o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdi va amerikaliklardan "er yuzidagi eng buyuk davlat"da yashashlarini eslab qolishlarini so‘radi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.

"Keling, o‘zimizga eslatib o‘tamizki, biz Yer yuzidagi eng buyuk davlatda yashash baxtiga sazovormiz" - dedi Bayden.

Bayramning asosiy ramzi - pishirilgan kurkatovuq. Amerika prezidentining Shukrona kuni sharafiga ikkita kurkatovuqni afv etish odati 76 yildan beri mavjud. Bu safar Bayden Liberti va Bell kurkalarini afv etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!