Baxmutdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli rus generali qo‘mondonlikdan chetlashtirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada jang qilgan general-leytenant Andrey Sichevni qo‘mondonlikdan chetlashtirdi.
Bu haqda AQSh urush tadqiqotlari instituti ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
Bunga rus qo‘shinining Baxmut yo‘nalishida muvaffaqiyatsizlikka uchragani sabab bo‘lganligi ma’lum qilindi.
Hozirda u Rossiya armiyasida qanday lavozimni egallagani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 20-iyulida A.Sichev Ukrainadagi operasiyalarda Rossiya Qurolli kuchlarining G‘arbiy harbiy okrugi joylashtirilgan qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlangan edi. U bu lavozimda general-polkovnik Aleksandr Yuravlyovni almashtirdi.
Keyinchalik A.Sichev Donetsk viloyatidagi operasiyalar qo‘mondoni etib tayinlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)