Baxmallik otadan farzandi uchun 11 mln. so‘m aliment puli undirildi

Baxmallik otadan farzandi uchun 11 mln. so‘m aliment puli undirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 2016 yil 02 fevraldagi ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaro B.Shamiyevdan fuqaro F.Shamiyeva foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ammo, B.Shamiyev o‘z vaqtida aliment pullarini to‘lamaganligi oqibatida, uning aliment qarzdorligi 11 mln. 139 ming so‘mga yetdi.
Shunga ko‘ra, fuqaro Farida Shamiyevaning aliment pullarini ololmayotganligi yuzasidan murojaati Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Byuroning Baxmal tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ushbu holat bo‘yicha ijro harakatlari olib borilib, 11 mln. so‘mdan oshiq aliment qarzdorligi fuqaro F.Shamiyeva foydasiga to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!