«Barselona» yozda 4 futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

«Barselona» yozda turli chiziqlardagi 4 futbolchisidan qutulishga tayyor.
AS xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi keladiganlar uchun mablag‘ topish maqsadida yirik transferlar amalga oshirmoqchi emas. Gap bir himoyachi, bir yarimhimoyachi va ikki hujumkor o‘yinchini boshqa klublarga jo‘natish haqida ketmoqda (faqat hozirgi tarkib a’zolari nazarda tutilgan, ijaradagilar bundan mustasno).
Ta’kidlanishicha, klub Xordi Albani sotmaydi. Himoyachilardan Erik Garsiyadan voz kechilishi mumkin.
«Barsa» qanot vingerlari Ansu Fati va Ferran Torres bilan ham xayrlashishga tayyor. Birinchisi bilan rahbariyatda kelishmovchilik bor, ikkinchisi esa jamoaga katta foyda keltirmayapti.
Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» yarimhimoyachi Pablo Torreni ijaraga berish niyatida.