"Barselona" Xaviga yangi shartnoma taklif qiladi

"Barselona" Xaviga yangi shartnoma taklif qiladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning ishidan qoniqish hosil qilgan va mutaxassisga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishga tayyor. Diario Sport jurnalistlari xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" ustoziga "Real" bilan bo‘lajak o‘yindan so‘ng yangi shartnoma taklif qiladi.

Manbaga ko‘ra, Ernandesning "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024/2025 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi. 43 yoshli murabbiy "Barselona"ni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda.

Ispaniya chempionatining 25-turidan keyin kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida “Real”ni 9 ochkoga ortda qolib, peshqadamlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!