"Barselona" tekinga YECHLning eng zo‘r himoyachisini olmoqchi

"Barselona" tekinga YECHLning eng zo‘r himoyachisini olmoqchi

Dortmundning "Borussiya" klubini tark etgan markaziy himoyachi Mats Xummels faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Jurnalistlarning yozishicha, 35 yoshli futbolchiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. "Blaugrana"ni tajribali nemisning tekin transferi o‘ziga tortmoqda.

Avvalroq matbuotda Xummelsning transferiga "Milan" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xummels o‘tgan mavsumda YECHLda eng yaxshi himoyachi deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!