"Barselona"ga qarshi tergov ishi ochildi

"Barselona"ga qarshi tergov ishi ochildi

UYEFA rasmiy sayti sahifalarida "Barselona"ga qarshi tergov boshlangani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

"Bugun "Negreyra ishi" deb atalmish voqea bilan bog‘liq holda "Barselona" tomonidan UYEFA qonunchilik bazasi buzilishi holatlarini tekshirish uchun UYEFA axloq va intizom bo‘yicha inspektorlari tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Xabaringiz bor, Ispaniyada hakamlar texnik qo‘mitasi vise-prezidenti lavozimida ishlagan Xose Mariya Negreyra uzoq vaqtdan beri klub tomonidan to‘langanligi sababli Ispaniyada "Barselona"ga qarshi sud jarayoni davom etmoqda. Kataloniya klubi pulni hakamlarning ijobiy qarorlarini ta’minlash uchun emas, balki hisobotlar uchun o‘tkazganini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!