«Barselona» Fati operasiya qilinmasligini tasdiqladi

«Barselona» Fati operasiya qilinmasligini tasdiqladi

«Barselona» yarimhimoyachisi Ansu Fati operasiya qilinmasligini tasdiqladi.

«Ansu Fati chap son mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanish uchun konservativ muoalajadan o‘tadi», — deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.

Avvalroq «Barselona» shifokorlari futbolchiga operasiyani maslahat berishgani, biroq futbolchi bunga rozi bo‘lmagani xabar qilingandi.

Agar Fati operasiyaga rozi bo‘lganida, 4-6 oyni o‘tkazib yuborgan bo‘lardi. Konservativ davolash bilan tiklanish muddati ancha qisqaroq — 6-8 haftagacha.

19 yoshli vinger bu mavsumda La Ligada 5ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!