“Barsa” futbolchisi jamoadan ketishga ruxsat so‘radi

“Barsa” futbolchisi jamoadan ketishga ruxsat so‘radi

“Barselona” yarim himoyachisi Oriol Romeu yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoa topish uchun klub rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘radi.

Catalunya Radio jurnalistlarining ma’lum qilishicha, klub xo‘jayini Joan Laporta tajribali futbolchi ketish masalasida rahbariyatga murojaat qilganini tasdiqladi.

“Barselona” avvalgi bosh murabbiy Xavi Ernandes tashabbusi bilan Romeuni o‘tgan yili yozda “Jirona”dan transfer qilgan edi. Bu futbolchi kataloniyaliklarga 3,4 million yevroga tushgan.

Romeu yakunlangan mavsumda jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1432 daqiqa o‘ynadi va o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 32 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!