Baroat kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Baroat kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ma’lum qilishicha, bu yilgi Baroat kechasi Sha’bon oyining 14 kunidan
15 kechasiga, milodiy 2024 yil hisobi bo‘yicha esa 24 fevraldan 25 fevralga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Baroat kechasini zikr, duo va turli ibodatlar bilan bedor o‘tkazish mustahab amallardan sanaladi.

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Sha’bon oyi yarmidagi kechada Alloh taolo jamiki maxluqotlarini mag‘firat qilur. Bundan mushrik va xusumatchi mustasnodir”, dedilar (Imom Ibn Hibbon “Sahihi”da, shuningdek, Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiylar rivoyat qilishgan).

Alloh taolo hammamizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq aylasin!

"Solihlar gulshani" kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!