Bangladeshda koronavirus bilan kurashga armiya jalb etildi

Bangladeshda koronavirus bilan kurashga armiya jalb etildi

Seshanba kuni Bangladesh ko‘chalarida huquqni muhofaza qilish organlariga koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantinda yordam berish uchun armiya bo‘linmalari paydo bo‘ldi.

“Bizning armiyamiz mamlakatning barcha tumanlariga yetib bordi va mahalliy ma’muriyat vakillari bilan uchrashdi. Endi biz vaziyatga aralashish bo‘yicha yakuniy rejalarni ko‘rib chiqmoqdamiz», dedi podpolkovnik Abdulloh ibn Zayd.

Uning so‘zlariga ko‘ra, havo kuchlari ham, dengiz floti ham olis hududlarga shoshilinch tibbiy yordamni yetkazib berish va zaruratga qarab, og‘ir ahvoldagi bemorlarni kasalxonaga olib kelish uchun shay holatga keltirilgan.

“Biz odamlarni uylarida karantinda o‘tirishga, ommaviy yig‘ilishlarda qatnashmaslikka va jamoat transportidan foydalanmaslikka chaqirmoqdamiz. Agar biz buni amalga oshira olsak, ushbu misli ko‘rilmagan inqirozni yengib o‘tamiz”, dedi professor Shahnila Ferdousi.

Bangladeshda koronavirus ilk bor 8 mart kuni qayd etilgan. 24 mart holatiga ko‘ra, bu mamlakatda 39 kishi virusni yuqtirib olgan va to‘rt kishi uning qurboniga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!