Bag‘dodda Amerika qo‘shinlari joylashgan bazaga hujum qilindi
AQSh kuchlari joylashgan Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi harbiy bazaga raketa hujumi uyushtirildi. Bu haqda Reuters agentligi Iroqning ikki harbiy amaldoriga tayanib xabar berdi .
Agentlik manbalarining aytishicha, Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqinidagi AQSh kuchlari joylashgan harbiy bazaga kamida ikkita «Katyusha» raketasi uchirilgan. «Havo hujumidan mudofaa kuchlari raketalarni tutib oldi», — deyiladi nashrda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)