BAA va Saudiyada koronavirusni atayin yuqtirganlar qamaladi

BAA va Saudiyada koronavirusni atayin yuqtirganlar qamaladi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Saudiya Arabistoni koronavirusni atayin boshqalarga yuqtirganlar uchun jazoni kuchaytirdi, deya xabar bermoqda TASS.

Endi bunday ish uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkin. 

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus haqida mish-mish va yolg‘on axborot tarqatganlik 266 ming dollargacha jarimaga sabab bo‘ladi. Koronavirusni atayin boshqalarga yuqtirganlarga 133 ming dollargacha jarima solinadi, BAAda esa buning uchun 27 ming dollargacha jarima belgilangan.  

Pandemiya boshlangandan beri koronavirusga chalinganlarning umumiy soni BAAda 530,9 mingdan, Saudiya Arabistonida esa 423,4 ming nafardan oshdi.

Saudiya Arabistoni hukumati 17 maydan e’tiboran chegaralar ochilishini va fuqarolarning xorijiy safarlariga qo‘yilgan taqiq bekor etilishini ma’lum qildi. Ushbu taqiq 21 dekabrda joriy etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!