BAA Tehrondagi elchixonasini yopish va elchisini chaqirib olishga qaror qildi
Birlashgan Arab Amirliklari, Erondagi elchixonasini yopish va diplomatik vakolatxonasi rahbarini chaqirib olishga qaror qildi, deb xabar qildi BAA TIV matbuot xizmati.
Birlashgan Arab Amirliklari Eronning BAA hududiga qaratilgan ochiq raketa hujumlariga javoban Tehrondagi elchixonasini yopib, Erondagi elchisi hamda barcha diplomatik missiya xodimlarini chaqirib olishini e’lon qiladi, — deyiladi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, Eron fuqarolik ob’ektlari, jumladan, turar-joylar, aeroportlar, portlar va infratuzilma ob’ektlarini nishonga olmoqda. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Eronning harakatlari tinch aholiga xavf tug‘diradi va milliy suverenitet va xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Isroil Eronga hujum uyushtirgani ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng, butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilindi.
Buning ortidan AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli operasiya boshladi. Bunga javoban Dubay (BAA), Doha (Qatar) va Manamada (Bahrayn) hududlarida xam kuchli portlashlar sodir bo‘ldi.
