Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi

Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi

Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan «Tourism EXPO Japan 2022» xalqaro turistik ko‘rgazmasi doirasida V vazirlar anjumani o‘tkazildi. Konferensiya UNWTO (BMTning Butunjahon turizm tashkiloti) qo‘llab-quvvatlashi ostida Yaponiyaning JATA turistik assosiasiyalar agentligi tomonidan tashkil etildi.

Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi

Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi

Tadbirda Butunjahon turizm tashkiloti vakillari, ATTA, PATA, WTTC kabi xalqaro turistik assosiasiyalar rahbarlari, turizm sohasidagi xalqaro ekspertlar hamda ko‘plab davlatlar turizm vazirlari qatnashishdi. O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.

Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi

Aziz Abduhakimov konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, viza rejimining soddalashtirilishi, transport logistikasi rivoji, turizm infratuzilmasi modernizasiyasi, yangi ob’ektlar qurilishi, investision salohiyat, pandemiya davrida turizm sohasining qo‘llab-quvvatlanishi hamda madaniy meros ob’ektlarini asrash va tiklashga oid sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Butunjahon turizm tashkiloti ekspertlari tahliliga ko‘ra, 2022 yilda dunyo miqyosida turizm sohasi tiklana boshladi, tobora ko‘proq mamlakatlar sayohatlarga oid cheklovlarni kamaytirmoqda yoki bekor qilmoqda.

Shu bilan birga, anjuman ishtirokchilari pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasi targ‘ibotida yangi yechimlarni topish maqsadida davlat va xususiy sektor sherikligiga alohida e’tibor qaratishdi.

Ishtirokchilarning nutqlarida mamlakatlar hukumatlari tomonidan turizm sektori vakillari bilan hamkorlikda Glazgo deklarasiyasini qo‘llab-quvvatlashga doir harakatlarni birlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Delegatlar O‘zbekistonning 2023 yilda ikki yirik xalqaro tadbir –yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini asrash konvensiyasining XIV konferensiyasi va BMTning cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish konvensiyasi o‘tkazishga oid tashabbusining xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyati yuqori ekanini alohida ta’kidlashdi hamda ushbu tashabbuslar orqali turizm sohasini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishga kelishib olishdi.

Anjuman yakuniga ko‘ra, ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq chaqiriqlarni inobatga olgan holda turizmda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va faollashtirish, davlat-xususiy sektor sherikchiligi masalalarida hamkorlik qilish, shuningdek bu yo‘nalishlarda mamlakatlar turistik ma’umriyatlari o‘rtasidagi muloqotni davom ettirishga kelishishdi.

Tadbir so‘ngida Aziz Abduhakimov xorijiy mamlakatlar vazirlari, delegasiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini 2023 yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etishga hamda O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishishga taklif qildi.

Aziz Abduhakimov «Tourism EXPO Japan 2022» vazirlar anjumani ishtirokchilarini Samarqandga taklif etdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!