Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori keskin kamaytirilmoqda

Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori keskin kamaytirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda.

Xususan, muddati o‘tgan sug‘urta polisi yoki sug‘urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.

Shuningdek, transport vositalari egalari tomonidan sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o‘tkazish uchun jarima miqdori BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdor oralig‘ida belgilanmoqda.

Shuningdek, taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yo‘lovchilarni lisenziyasiz tashish bilan shug‘ullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!