Hukumat qarori (106-son, 20.02.2020 y.) bilan yuqori mehnat samaradorligiga erishayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini munosib rag‘batlantirishni tashkil etish maqsadida bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya ma’lum qildi "huquqiyaxborot" telegram kanali.
Jumladan, Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
✅ Ta’lim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestasiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi:
• tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
• viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi);
• xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
Shuningdek, endilikda OTMlar reytingini aniqlashda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat ham mezon sifatida hisobga olinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Қосим-Жўмарт Тўқаев Қозоғистоннинг Аna tili газетаси учун берган интервюсида декабр ойи бошида АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп билан телефон орқали суҳбатлашганини маълум қилди.
Фермерлар намойишига, шунингдек, овчилик жамияти вакиллари ҳам қўшилган, улар ўрмонлардан фойдаланиш ва ов қилиш борасидаги ЕИ ҳамда ҳукумат сиёсатидан норози.
Эрон Ташқи ишлар вазирлиги Саудия Арабистонининг Теҳрондаги элчиси Абдуллоҳ бин Сауд ал-Анезийни чақириб, унга содир этилган қатллар муносабати билан “кескин иборалар” билан норозилик нотасини топширган.