Ayolga 175 million so‘m aliment undirib berildi

Ayolga 175 million so‘m aliment undirib berildi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida uch nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayolga voyaga yetguncha bo‘lgan aliment undirib berildi.
 
Majburi ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limining ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2015 yil 29 dekabrdagi aliment undirish bo‘yicha ijrosi amalga oshirilgan.
 
Ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Yunusovdan sobiq turmush o‘rtog‘i, undiruvchi G.G‘aniyevaga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari uchun voyaga yetguncha bo‘lgan aliment to‘lovi olib berildi. Aliment to‘lovining pul miqdori 175 million so‘mni tashkil etgan.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!