Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

A A A
Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!

Bugungi kunda ham hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda qadrini va qaddini ko‘tarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu xayrli ishlarning samarasini esa barcha opa-singillarimiz o‘z hayotlari, umr yo‘llari davomida his etishmoqda. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan mehr-muhabbatni yuksak baholab, barcha sohalarda o‘z bilim va salohiyatlarini ko‘rsatmoqda, jahon arenalarida davlatimiz bayrog‘ini yanada baland tutmoqda, yer yuzidagi eng mashhur, yirik kompaniyalarda mehnat qilib, o‘zbeklarning salohiyatini namoyish qilmoqda.

Albatta, kelajagi buyuk, ertasi farovon bo‘lishini istagan xalq millat davomchilarini qay soha vakili bo‘lmasin ko‘ngli tinch, hayoti farovon bo‘lishi uchun harakat qiladi, munosib turmush kechirishlari uchun sharoit yaratadi.

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Yurtimizda xotin-qizlarning huquq-imkoniyatlarini kengaytirish, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylangani ham hech birimizga sir emas. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko‘paytirish uchun yetakchi lavozimlarni egallashga qodir 15 ming nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi. O‘zbekiston tarixida ilk bor milliy parlamentdagi ayollar soni 32 foizga yetdi. Mamlakatdagi rahbarlik lavozimidagi ayollar soni esa 30 foizni ko‘rsatmoqda.

Joriy yil 1 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ham bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab jamiyatimizda olima ayollar ulushini sezilarli oshirish uchun doktarantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilishini bildirdi. Bu yangilikni ilmga tashna opa-singilllarimiz katta quvonch va hayajon bilan qarshi oldi. «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatining 150 nafardan ortiq ilm-fan, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat olib borayotgan opa-singillarimiz, bir so‘z bilan aytganda millatizning ziyoli a’zolari ham ushbu yangilikdan xursand bo‘ldi. Bu yo‘lda davlatimiz rahbarining yonida bo‘lishlarini bildirdi.

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy olamini boyitish, qizlarni oilaga tayyorlash, ularni millat tarbiyachisiga aylantirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yil davomida professor, dosent ayollarning uslubiy qo‘llanmalari, ilmiy risolalari nashr ettirildi, «Ma’naviyat festivali» davomida o‘tkazilgan psixologik treninglar natijasida ko‘plab ajrim yoqasidagi oilalarning yarashuviga erishildi. «Mening farzandim O‘zbekiston faxri» loyihasi doirasida 100 nafar iste’dodli, sportchi yoshlarning onalari taqdirlandi va boshqalargi o‘rnak sifatida ko‘rsatildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasidagi samarali faoliyati uchun 17 nafar xotin-qizlar «Ma’naviyat fidoiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Respublikamizning 4 ta hududida o‘tkazilgan «Maqom kechalari» konsert dasturlari davomida O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlarlar bilan birga yosh iste’dod egalari, maqom yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi qizlar ham bir sahnada qo‘shiq ijro etish imkoniga ega bo‘ldi. Bu ularga katta sahnaga chiqishlarida debocha bo‘lib xizmat qiladi.Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayni paytda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda tutgan o‘rnini oshirish, turli sohalarda faol xizmat qilayotgan olimalar, ziyoli ayollar hamda munis opa-singillarimizning qadr-qimmatini yuksaltirish, mehnatlarini e’tirof etish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Ayolga ehtirom!» loyihasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar davomida yurtimizdagi 500 nafardan ziyod xotin-qizlarga bayram tuhfalari taqdim etildi.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 3 mart kuni Yakkasaroy tuman obodonlashtirish boshqarmasida mehnat qilayotgan ayollarni tabriklash, ularga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida «Ayolga ehtirom!» loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilayotigan hududlarga borilib, o‘sha yerning o‘zida ayollar bilan dildan suhbat qurildi. Tadbirda el suygan san’atkorlar, O‘zbekiston Xalq artistlari, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbdan tabriklashdi. Ularga iliq tilaklarini bildirishdi. Shundan so‘ng Yakkasaroy obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan 200 nafarga yaqin xotin-qizlarga «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan bayram tuhfalari topshirildi.

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova ayollar bilan samimiy muloqot qilib, ularga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

— Davlatimizda xotin-qizlarga e’tibor, g‘amxo‘rlik yuksak darajadaligini bugun barchamiz yurak-yurakdan his qilyapmiz. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektordagi so‘zlari o‘zbek ayollarini yanada ruhlantirdi, ertangi kunga ishonchini yana bir bor mustahkamladi, desam yanglishmagan bo‘laman.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan obodonlashtirish xodimalari ishtirokida o‘tkazilayotgan bugungi tadbir davomida ham opa-singillarimiz yangi o‘quv yilidan boshlab qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti esa mahalliy budjetdan to‘lab berish amaliyoti joriy etilishini eshitib quvonganini bildirishdi. Haqiqatdan ham bu yangiliklar 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga butun o‘zbek xalqi, ayniqsa ilm talab qizlarimiz uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Shuni ayishim kerakki, men mamlakatimizda amalga oshirilayotga islohotlar eng quyi qatlamgacha yetib borayotgandan, muhimi bu harakatlardan xalqimiz rozi bo‘layotganidan juda xursand bo‘ldim.

Yakkasaroy tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi Feruza o‘z taassurotlarini biz bilan o‘rtoqlashdi:

–Poytaxtimiz ko‘chalarini ozodaligini saqlash uchun erta tongdan ishga yo‘l olamiz. Kimdir xizmatimizdan mamnunligini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirganida ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tariladi.

Bugun qo‘lida lolalarni tutib biz tomonga yurib kelayotgan «Ma’rifat» targ‘ibotchilarini ko‘rib hayron qoldik. Sovg‘alarni taqdim etishganda qanchalar xursand bo‘lganizmizni aytmay qo‘yaqolay. Bahorni lolalarsiz tasavvur etib bo‘ladimi?!

Biz televizorda ko‘radigan san’atkorlar bilan yonma-yon turib suhbatlashdik, suratga tushdik. Ular iliq tilaklar bildirishdi. Bugungi kun uchun esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Quvonchimning cheki yo‘q deya so‘z boshlaydi Yakkasaroy tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi Dildora Usmonova.

– Bugun bahor nafasini beradigan gullarni qo‘limizga tutishganida barcha ayollar o‘zimizni juda baxtli his etdik. Bizga ulashilgan sovg‘alar ham juda yoqdi. Bayram arafasida Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova bilan uchrashish shaxsan men uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Qolaversa sevimli aktyorlarimiz Mehmonali Salimov, Tolib Xojiyev, Rasulxon Qodirxonov, Xurshid Sobirov bilan yuzma-yuz suhbatlashdik. Tadbirni tashkil etgan barcha mas’ullarga katta rahmat aytmoqchiman. Ayollarni e’zozlagan, ularga hurmat ko‘rsatganlar hech qachon kam bo‘lmasin.

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

O‘zbeksitonda xizmat ko‘rsatgan artist, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Mehmonali Salimov barcha xotin-qizlarga o‘z tabriklarini bildirdi:

–Bahorning ilk bayrami 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kunidir. Bu ham bejiz emas. Bahor faslidek go‘zal ayollarimiz hayot davomchi. Biz ularga qanchalik ehtirom ko‘rsatsak, qadrlasak shuncha kam.

Bugun «Ma’rifat» targ‘ibotchilari ziyolilar, olimlar va san’atkorlar ishtirokida Yakkasaroy tuman obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan opa-singillarimizga bahoriy xushkayfiyat ulashish maqsadida «Ayolga ehtirom!» loyihasini o‘tkazdi.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha opa-singillarimiz, qizlarimizni 8 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ularga sihat-salomatlik, xonadonlariga fayz-baraka, baxtu saodat tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!


Jarayondan fotolavhalar...

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.