Ayol erining xonadoniga kiritib qo‘yildi

Ayol erining xonadoniga kiritib qo‘yildi

Er-xotinlar o‘rtasida nizo bilan oilaga darz ketgan va ular ajrashishgan. Shundan so‘ng ayol ota uyida bir muddat yashashiga to‘g‘ri kelgan. Biroq, xalqimizda “chiqqan qiz chig‘iriqdan tashqarida” degan maqol bejiz aytilmagan.

Shu sabab ayol ham erining uyiga qaytishga qaror qilgan, biroq turmush o‘rtog‘i kiritishni istamagan.

Boshqa chorasini ko‘rmagan ayol sudga da’vo ariza kiritib, erining uyiga kiritib qo‘yilishini so‘ragan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi M.Mamadaliyevani qarzdor M.Mamadaliyevning xonadoniga majburiy kiritilishini belgilab bergan.

Ijro hujjati asosida Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi xodimlari mas’ul idora vakillari ishtirokida M.Mamadaliyevani qonunda belgilangan tartibda qarzdor M.Mamadaliyevning xonadoniga kiritib qo‘yilishini ta’minladi.

©️Byuroning Baliqchi tuman bo‘limi davlat ijrochisi Alimardon Karimov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!