Avtotransport vositasini imtiyozli olib kirish uchun tuzilgan qing‘ir reja

Avtotransport vositasini imtiyozli olib kirish uchun tuzilgan qing‘ir reja

Bugungi kunda pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramasdan davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qator imtiyozlar berilmoqda. Biroq, mazkur imtiyozlarni suiste’mol qiladigan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi nohalol tadbirkorlarimiz ham uchrab turibdi.

Xususan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan nabatdagi “uddaburonlik” fosh etildi. Xorijdan olib kelingan “HYUNDAI PORTER II rusumli muzlatkichli avtomobil” avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PQ-4230 sonli Qarori asosida 324,3 million so‘m qiymatida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz olish maqsadida hujjatlarda muzlatgichli avtotransport vositasi ekanligi ko‘rsatilgan. Biroq mazkur avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, “uddaburon tadbirkor” tomonidan mohirona tarzda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlarda, eski va mos kelmaydigan singan refrijerator eshiklarini hamda zanglagan ustki qoplamalarini shuningdek, eski bo‘lgan muzlatish motor qismlarini transport vositasiga qo‘shib olib kelganligi aniqlandi.

Shu tariqa amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘llanilishi nazarda tutilgan 324,3 million so‘mlik bojxona to‘lovlaridan imtiyoz bekor qilinib, umumiy qiymati 100 million so‘m bo‘lgan “HYUNDAI PORTER II” rusumli avtotransport vositasi qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!