Avtomobil sotib olishda endi yengillik bor, biroq...

A A A
Avtomobil sotib olishda endi yengillik bor, biroq...

Ko‘chalarimiz yengil avtomobillarga to‘lib borayotgani hech kimga sir emas. Bu bir tomondan farovonlik belgisi bo‘lishi bilan birga ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani ham rost.

Avtomobil narx-navosi, uni sotib olish bilan bog‘liq to‘lovlar va uning yonilg‘isiga oid muammolar ham yo‘q emas. Ammo shunga qaramay avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj doim mavjud. Axir avtombillar uzog‘imizni yaqin, yukimizni yengil qiluvchi muhim vosita.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtombillar narxi qimmatligi haqida ko‘p bahslar bo‘lgan. Lekin gap bugun bu haqida emas...

Avtomobil sotib olishdagi turli to‘lov va yig‘imlar ham dard ustiga chipqondek odamlarni qiynab kelayotgan edi. Bu borada joriy yilda birmuncha yengillik yaratilib, amaliyotga joriy etildi. Bu qanday yengillik?

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yangi yilgacha avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im undirilar edi.

Ya’ni shunday vositalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda avtomobil holatidan, narxidan kelib chiqib, uch foizlik yig‘im undirilar edi.

Endilikda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olib, uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda ana shu yig‘im undirilmaydi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bu yangilik va yengillik amaliyotda ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Yangilikni eshitib “endi avtomobil sotib olayotganda bir so‘m ham to‘lamas ekanmiz”, deb o‘ylayotgan kishilar ham uchrab turibdi.

- Fuqarolar avtomobil sotib olib, uni o‘z nomiga rasmiylashtirganida davlat boji, notarial xizmat haqidan tashqari avtomobilning holatidan kelib chiqib ham davlatga yig‘im to‘lar edi, - deydi O‘zbekiston Notarial palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Zoitov. – Bularning hammasini birlashtirganda esa katta mablag‘ kelib chiqar edi. Misol uchun, yangi “Kaptiva” sotib olgan shaxs uni o‘z nomiga rasmiylashtirayotganda davlat boji va boshqa to‘lovlardan tashqari kamida 6-7 million so‘m qo‘shimcha xarajat qilar edi. Endilikda faqat mana shu yig‘im bekor qilindi. Qolgan to‘lovlar esa to‘lanishi kerak. “Kaptiva” misolida fikrimizni davom ettiradigan bo‘lsa, bunday avtomobilni nomiga rasmiylashtirayotgan fuqaro 2 million 800 ming atrofida to‘lov to‘laydi. Bunda avtomashinaning ishlab chikarilgan yili hisobga olinadi, albatta.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, yig‘imning bekor qilingani ham katta qulaylik bo‘ldi. Chunki ko‘pchilik fuqarolar avtomobil sotib olishga olib, uni rasmiylashtirishga kelganda to‘lovlar ko‘pligi uchun bundan o‘zini olib qochishga urinar, avtomobilini ishonchnoma orqali boshqarib yuraverar edi.

2021 yil davomida mutlaqo begona bo‘lgan, ya’ni qarindosh bo‘lmagan 200 mingga yaqin fuqaro ishonchnoma rasmiylashtirish orqali avtomobil boshqargan.

Ayrimlar avtomobilning ruli o‘zimda, kim ham uni mendan tortib oladi, deb o‘ylagandir, balki? Biroq, ishonchnoma orqali olingan mulkka nisbatan o‘sha haydovchining hech qanday mulkiy huquqi bo‘lmas edi. Chunki mulk egasi istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilib, mulkni qaytarib olishga yoki boshqa shaxsga sotib yuborishga haqli. Mana shunday holatlar, afsuski, uchrab turar edi.

Shu kunlarda davlat bojlarini takomillashtirish, soddalashtirish ustida ish olib borilmoqda. Ya’ni davlat bojiga oid qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmoqda. Avtomobil sotib olish jarayonida to‘lanadigan davlat bojini kamaytirish bo‘yicha ham takliflar bildirilgan. Agar bu amalga oshsa, fuqarolarimizning sotib olgan avtombillarini o‘z nomiga rasmiylashtirishdagi barcha murakkabliklar barham topadi.

Norgul Abduraimova, O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

O‘zbekistonda sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи фуқаролар, дам олувчилар ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчилардан эҳтиёткорлик чораларини кўриш талаб этилади.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Hech qanday mojaro yo‘q... - Kannavaro

Бош мураббийнинг сўзларига кўра, бу одатий текширувлар бўлган.

Putin migrantlar bo‘yicha yana bir qonunni imzoladi

Хабарларга кўра, мигрантларнинг тиббий кўрикдан ўтишдан бош тортгани учун жарималар оширилди

Profilaktika inspektorlari pora bilan qo‘lga tushdi

Инспектор мансабдор танишлари орқали собиқ ички ишлар ходимининг тизимга қайта ишга тикланишида ёрдам бериш эвазига 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Ukraina “Flamingo” raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi

Украина 10 июнга ўтар кечаси дрон ва ракеталар орқали Россиядаги нишонлар бўйлаб зарбалар йўллади.

Aleksandr Vuchich prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Вучич, шунингдек, бош вазир лавозимига номзодини кўрсатиш ҳақида ўйлаётганини, амалдаги ҳокимиятдан президентлик лавозимига муносиб ворис излаётганини тан олди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Болалар омбудманининг ИИВ га сўрови асосида болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида уларга ҳимоя ордери тақдим этилди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.