Avtomashinalar jarima maydonida...

Avtomashinalar jarima maydonida...

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor A.A.dan “Anorbank” Farg‘ona filiali foydasiga 91.000.000 so‘m kredit qarzi va 3.714.400 so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, qarzdor qarzini qoplash chorasini ko‘rmagach, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Lacetti” avtomashinasi jarima maydoniga olib kirildi.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qo‘shimcha javobgar B.B.dan undiruvchi ATB “Agrobank” Marg‘ilon filiali foydasiga 269.389.609 so‘m kredit qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha undiruv garovga mulki “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.

Qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni bajarish uchun ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, qarzdor sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi sababli, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilib, garov mulki bo‘lgan “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasi xatlandi va jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda mazkur xatlangan mulk auksion savdoga chiqarilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!