“Avto 60 oy” rahbari Jamshid Bahodirov 9 yil-u 8 oyga qamaldi

“Avto 60 oy” rahbari Jamshid Bahodirov 9 yil-u 8 oyga qamaldi

Avvalroq, 400 ga yaqin fuqaroni chuv tushirgan “Xumo house car” ishi sudga oshirilgani, jinoiy guruh a’zolari orasida “Avto 60 oy” ishi bo‘yicha 8 yilga qamalib, bor-yo‘g‘i 2 yil-u 10 oy “o‘tirib” chiqqan Jamshid Bahodirov ham borligi haqida xabar bergandik.

2024 yil 9 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari Jamshid Bahodirov, “Xumo vines” nomi bilan tanilgan bloger Humoyun Maxamadjonov va “Media+24” MCHJ rahbari Abdulloh Alimjonovga sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, Jamshid Bahodirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan tayinlangan va o‘talmay qolgan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan Jamshid Bahodirovga 9 yil 8 oy ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo qattiq tartibli kaloniyalarda o‘talishi belgilangan.

Abdulloh Alimjonov esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Humoyun Maxamadjonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilgan va 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, aybdorlardan jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlar undirish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!