Avstraliyaning Viktoriya shahrida koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Avstraliyaning Viktoriya shahrida koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Avstraliyaning ikkinchi eng zich shtati Viktoriyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Bir kun ichida hududda 75 yangi holat aniqlandi.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi ikki oy ichida qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir.

“Hozirda ommaviy tekshirish ishlari yana boshlangan va hududda cheklovlarni qayta joriy etish ko‘rib chiqilmoqda”, deydi Viktoriya shtatining bosh sanitar xodimi.

Biroq Avstraliya bosh vaziri mamlakat iqtisodiyoti allaqachon zarar ko‘rganini inobatga olib, karantin qaytarilishini istamayapti.

 

“Men oldinroq chegaralarni ochish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edim. Ha, ahvolimiz hozirda jiddiy, ammo biz buni yengish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, deya ta’kidlagan Bosh vazir Skott Morrison.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!