Avstraliyada 8 yoshli qiz ota-onasidan olgan pullarini to‘plab, to‘rt xonali uy sotib oldi

Avstraliyada 8 yoshli qiz ota-onasidan olgan pullarini to‘plab, to‘rt xonali uy sotib oldi

Avstraliyalik 2-sinf maktab o‘quvchisi kundalik xarajatlari uchun ota-onasidan olgan pullarni yig‘ib, o‘zining birinchi uyini sotib oldi. Bu haqda “Lisa.ru” nashri xabar bermoqda.

Qizning otasi Kem Maklellan OpenCorp investisiya kompaniyasining rahbari lavozimida ishlaydi. U o‘z farzandlariga o‘zgaruvchan iqtisodiyot sharoitida moliyaviy mas’uliyatni o‘rganishlari uchun farzandlariga har hafta turli xarajatlari uchun pul berish amaliyotini joriy qilgan.

“Hozirgi zamon bolalari ota-ona yordamisiz ko‘chmas mulk sotib olishga qiynaladi”, — deydi Maklellan.

Uning 14 yoshli Angus, 13 yoshli Lyusi va 8 yoshli Rubi ismli farzandlari to‘rt xonali uyning dastlabki to‘lovi uchun 3000 funt sterling (3790 AQSh dollari) miqdorda pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘nggi ikki yil ichida ko‘chmas mulk narxlari sezilarli darajaga oshdi, shu sababli farzandlari tezroq uy sotib olishlari uchun ota-ona uy narxining qolgan qismini to‘lashga yordam berishdi.

Bolalarga nisbatan bunday munosabat noto‘g‘ri, degan fikrlarga javoban Maklellan shunday deydi:

“Shaxsiy mulkiga ega bo‘lmagan yoki biror ish uchun hech narsani qurbon qilmagan odamning mening qilmishimdan g‘azablanishi odatiy hol. Ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan yoshlarni nishonga olish ham oson”.

Uning 8 yoshli qizi hozirda ijaraga berilayotgan uyni sotib olishga o‘z hissasini qo‘shgan. Oila kelajakda mazkur uyni qimmatroq narxga sotishni va keyinchalik farzandlari uchun kattaroq yana bir ko‘chmas mulk xarid qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!