Avstraliya – O‘zbekiston: statistika va faktlar nima deydi?

Avstraliya – O‘zbekiston: statistika va faktlar nima deydi?

21 yanvar kuni nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Avstraliya O‘zbekiston bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuvdan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Yashil qit’a vakillari ancha havfli raqib hisoblanadi. Musobaqaning amaldagi chempioni. Tabiiyki, bu biz uchun o‘yindan avval yaxshigina qo‘rquv va havotir uyg‘otardi. Qolaversa, Osiyo Kubogidagi yagona to‘qnashuvimizda kengrular O‘zbekiston darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishgandi. Qatardagi qit’a birinchiligini haligacha eslaymiz. Chunki bizning yorqin o‘yinimiz aynan Qatardagi chempionatga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Avstraliya bilan uchrashuvdan oldin yaxshi kayfiyatda edik. Ammo yakunda ular bizni ayovsiz jazolashgandi.

Hozir ham vaziyat shunday. Garchi Yaponiyadan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, bu pinagimizni ham buzmadi.

Umuman olganda, Avstraliya va O‘zbekiston bunga qadar 3 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Dastlabki to‘qnashuv 2008 yil Toshkentda bo‘lgan. JCH-2010 saralashi doirasida sokkeruz lar Paxtakor stadionida 1:0 hisobida g‘alaba qozonib ketishgan.

2009 yil 1 aprel kuni Sidneyda o‘tgan bahsda Avstraliya javobsiz 2 ta gol urgan. Bu jamoalar o‘rtasidagi hozirgacha so‘nggi bahs 2011 yil Qatarda kuzatilgan.

Demak, O‘zbekiston bu jamoaga qarshi 3 ta o‘yinning barchasida yutqazgan va umuman gol ura olmagan. To‘plar farqi 9-0. Bugun raqib darvozasiga kim to‘p kiritsa, Avstraliyaga gol urgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kiradi.

Avstraliya terma jamoasi 2006 yildan Osiyo futbol konfederasiyasiga qo‘shilgan. 2011 yilgi qit’a birinchiligida 3-o‘rinni egallagan. 2015 yilgi Osiyo Kubogida chempionlikka erishgan.

O‘zbekistonning eng yaxshi natijqasi esa yarim finaldir!

O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvlari

JCH-2010 saralash. 2008 y. 10 sentyabr

O‘zbekiston Avstraliya 0:1

Gol: Chipperfild 26

JCH-2010 saralash. 2009 y. 1 aprel

Avstraliya O‘zbekiston 2:0

Gollar: Kenedi 66, Kyuell penalti 72

Osiyo Kubogi-2011. 25 yanvar

O‘zbekiston Avstraliya 0:6

Gollar: Kyuell 5, Ognenovskiy 34, Kerni 65, Emerton 74, Valeri 82, Krus 83


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!