Aviahalokatda amerikalik senator oilasi bilan birga halok bo‘ldi

Shimoliy Dakota shtatidan amerikalik senator Dag Larsen oilasi bilan aviahalokatda vafot etdi.
Bu haqda “AP” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi bilan birga uning rafiqasi va ikki yosh bolasi vafot etgan. Ularning kichik samolyoti Yuta shtatida halokatga uchradi.
Samolyot mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni kechqurun Kanyonlend ayerodromidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. Sherif idorasi senatorning uchuvchi ekanligini va samolyotdagi to‘rt kishining hammasi halok bo‘lganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Dag Larsen Respublikachilar partiyasi a’zosi edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)