Audi qachondan to‘liq elektromobillar ishlab chiqarishini ma’lum qildi

Audi qachondan to‘liq elektromobillar ishlab chiqarishini ma’lum qildi

Germaniyaning Audi avtomobilsozlik kompaniyasi ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan mashinalardan butunlay voz kechadi.

Barcha yangi modellar 2026 yildan elektromobillar bo‘ladi, an’anaviy avtomobillar esa 2033 yilga qadar bekor qilinadi.

Audi 2025 yilga qadar 20 dan ortiq elektr transport vositalarining modellariga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellari bo‘lgan avtomobillarni ishlab chiqarish 2033 yilga qadar bekor qilinishi kutilmoqda. Biroq, Xitoyda talab yuqori bo‘lganligi sababli, bunday avtomobillar 2033 yildan keyin ham mahalliy sherik fabrikalarida ishlab chiqarilishda davom etishi mumkin.

Avvalroq, bir qator ishlab chiqaruvchilar ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarishni qisqartirish rejalarini e’lon qilishgan edi. Shvesiyalik Volvo buni 2030 yilga qadar, Amerikaning General Motors konserni – 2035 yilga qadar amalga oshirmoqchi.

Mercedes-Benz ishlab chiqaruvchisi 2039 yilgacha elektr transport vositalariga to‘liq o‘tishni rejalashtirmoqda, Germaniyaning Volkswagen konserni esa 2040 yildan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!