«Atalanta»ga qarshi o‘yinda Shomurodov necha ball qo‘yildi?

«Atalanta»ga qarshi o‘yinda Shomurodov necha ball qo‘yildi?

Italiya nashrlari Italiya chempionatining 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Roma» - «Atalanta» bahsida futbolchilarning harakatlarini baholab chiqishdi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan Eldor Shomurodovga 5,5 ball qo‘yildi.

"O‘zbekistonlik futbolchi maydonga katta ishtiyoq bilan tushdi va vaziyatni o‘zgartirish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bir vaziyatda uning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, keyingi vaziyatda Belotti tomon bergan pasini himoyachi qaytarib qoldi", — deya ta’rif berildi Shomurodovga.

Temmi Abrahamga esa 4,5 baho qo‘yildi. U ikkita o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo esa 5,0 ballga munosib ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!