— Farzandsizligimiz sabab bola asrab olgan edik. Ba’zi sabablarga ko‘ra turmush o‘rtog‘im bilan ajrashdim. Qizim uchun aliment undirolamanmi? Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Sobiq erim rasman hech joyda ishlamaydi, lekin bir nechta ishlab chiqarish sexi, nonvoyxonasi bor? Aliment miqdori qanday belgilanadi?
Ismi sir tutildi.
Dilfuza DADAJONOVA, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
SUDNING QARORIGA ASOSAN UNDIRILADI
— Sudning hal qiluv qaroriga asosan, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlikni qayd etish dalolatnoma yozuviga ota-onasi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kiritilgan vaqtdan boshlab, farzandlikka olinganlik vujudga keladi. Shu vaqtdan boshlab farzandlikka olgan ota-ona voyaga yetmagan farzandlikka olingan bolalariga ta’minot berishi shart. Agar ota yoki onasi farzandlikka olingan voyaga yetmagan bolalariga ixtiyoriy ravishda ta’minot bermasa, sudning qaroriga asosan, aliment undiriladi. Bunda sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va boshqa daromadining:
• bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
• ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
• uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?
— Qizingizning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga yangi ota-onasi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab, uning tarbiyasi va moddiy ta’minoti uchun sizlar mas’ul hisoblanasizlar. Agar turmush o‘rtog‘ingiz bilan qizingiz ta’minoti to‘g‘risida kelishuv bo‘lmasa, sudning qaroriga asosan, bolaning ta’minoti uchun otasining har oydagi ish haqi va boshqa daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undiriladi. O‘zingiz yoki aliment to‘lovchining yashab turgan manzilidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ini berish haqidagi arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bunda arizada aliment undiruvchi hamda aliment to‘lovchining shaxsiga oid ma’lumotlar ko‘rsatilishi, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi ilova qilinadi.
QAT’IY SUMMADA BELGILANISHI MUMKIN
— Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va boshqa daromadi o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek, daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin. Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning buyrug‘i yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan, berilgan ijro varaqasiga binoan aliment to‘lovchining yashash joyidagi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
OTALIK RASMAN BELGILANMAGAN BO‘LSA...
— Farzandlikka olingan bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga (tug‘ilganlik guvohnomasiga) sudning hal qiluv qaroriga asosan, otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning kiritilishi, shu shaxsning bolaning otasi ekanligini e’tirof etish hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab, farzandlikka olgan ota farzandini to voyaga yetguniga qadar tarbiyalash, uni moddiy ta’minlashda ishtirok etish, farzandining manfaatiga zid keladigan harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi. Biroq yuqorida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilmagani, onaning bolasi uchun aliment undirishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqini keltirib chiqarmaydi. Oddiy qilib aytganda, bolaning tug‘ilganlik guvohnomasida ism-sharifi ko‘rsatilmagan otadan aliment undirish mumkin emas. Bunda mahalla fuqarolari yig‘ini dalolatnomasi yoki qo‘shnilar guvohligi aliment undirishga asos hisoblanmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.
Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.
Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.
Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.