Arzon uylar muhtojlarga berilmayapti, pullanyapti! “Asakabank” xodimi pora olayotgan mahal qo‘lga tushdi

Arzon uylar muhtojlarga berilmayapti, pullanyapti! “Asakabank” xodimi pora olayotgan mahal qo‘lga tushdi

Xorazmda fuqaroga arzon ko‘p qavatli uydan biriktirilgan 1 xonali kvartirani 3 xonalisiga almashtirib berishni va’da qilgan “Asakabank” xodimining tovlamachiligi fosh etildi.
 
Gap shundaki, “Asakabank”ning viloyat filiali kredit bo‘limi mutaxassisi, bevosita ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni biriktirish bo‘yicha Urganch shahar hududiy komissiya a’zosi bo‘lgan B.Jumaniyazov, komissiya a’zolari bo‘lgan U.Rajapov va V.Karimovlar bilan oldindan til biriktirgan. Ular hokimlikdagi tanishlari orqali uyga muhtoj fuqaro sifatida MIB Urganch tuman bo‘limi davlat inspektori X.Otajonovga arzon ko‘p qavatli uydan biriktirilgan 1 xonali kvartirani 3 xonalisiga almashtirib bermoqchi bo‘lishgan.
 
Albatta, tekinga emas. Buning uchun ular 3 million so‘m so‘rashgan. Ana shu pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi, prokuratura va MIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi xabar berdi.
 
Ayni paytda mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!