Arzimas sabablarda ham katta xavf bor

A A A
Arzimas sabablarda ham katta xavf bor

Millat ma’naviyatini yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning o‘rni muhim. Zero, jamiyatda mavjud qaysi bir muammoga nazar tashlamang, ildizi oila va uning moddiy, ma’naviy-ma’rifiy holatiga borib taqalaveradi. Shu bois ham mamlakat kelajagi oilaning mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liqligini mutlaqo inkor etib bo‘lmaydi.

Afsuski, hayotimizda erta va qarindoshlar o‘rtasida tuzilayotgan nikohlar, yosh oilalardagi ajrimlar, ayollar jinoyatchiligi, voyaga yetmaganlar orasida bezorilik va huquqbuzarliklar uchrab turibdi. Demak, oilalardagi salbiy holatlarning sababini o‘rganish va ularni bartaraf etish, oilalarni murakkab hayotiy vaziyatlardan olib chiqishda yangicha mexanizmlarni joriy etish talab etilmoqda.

Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, buning uchun birinchi navbatda, oila masalalariga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur. Shu maqsadda markazimiz tomonidan Oila, Fuqarolik prosessual, Ma’muriy javobgarlik, Mehnat, Uy-joy, Jinoyat kodekslari tahlil qilindi. Ular asosida oila mustahkamligini ta’minlovchi 50 dan ortiq taklif ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etildi.

Avval uqib, so‘ng oila qurish

Mamlakatimizdagi 8,3 milliondan ziyod oilaning 2 milliondan ko‘pi yosh oila sanaladi. O‘rganish natijalari yosh oilalardagi ajrashish sabablari aksariyat hollarda yigit-qizlarning oilaviy hayot haqida bilim-ko‘nikmasi yetarli emasligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Ha, agar bo‘lg‘usi yosh oila sohiblari qo‘sha-qo‘sha diplomli, oliy ma’lumotli bo‘lsayu hayot bobida uquvsiz bo‘lsa, u oilaning poydevori mustahkam bo‘lishi amrimahol.

Shu bois davlatimiz rahbari 2018 yil Shayxontohur tumaniga tashrifi chog‘ida “Oila” ilmiy-amaliy markazi zimmasiga “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasini yuklagan edi. Shundan kelib chiqqan holda dastlab “Yoshlarni mustahkam oilaviy munosabatlarga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik masalalari“ mavzusida 2000 dan ziyod yigit-qiz o‘rtasida ijtimoiy so‘rov va tegishli tadqiqotlar o‘tkazdik. Uning natijalariga asoslangan holda hozirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda 116 tuman markazida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi”ni tashkil etdik. Ularda oila qurish madaniyati, oilaviy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti va byudjetini yuritish, reproduktiv salomatlik va oila psixologiyasi bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mazkur maktablar faoliyatiga 400 dan ortiq mutaxassis jalb etildi. Shu paytgacha ularda 6000 dan ziyod bo‘lg‘usi kelin-kuyov o‘qitildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi talablarini bajarish, yoshlarni oilaviy hayotga maqsadli tayyorlash borasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha innovasion maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda innovasion maktablar faoliyatining asosiy vazifalari belgilanmoqda. Savol tug‘iladi: ushbu hujjat qabul qilinishining ahamiyati nimada?

Gap shundaki, mazkur qaror orqali avvalo, oila institutini mustahkamlash sohasidagi mavjud kamchiliklar, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal etishga keng yo‘l ochiladi. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimi yaratiladi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ajrimlar, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklarning oldini olish ishlari yanada kengaytiriladi.

“…agar o‘z vaqtida yordam berilganida ajrashmagan bo‘lar edik”

Tan olish kerak, oila institutini mustahkamlash sohasida muammolarmiz hali ko‘p. Xususan, joylardagi o‘rganish va tahlillarimizda yoshlarning oilaviy turmushga tayyor emasligi, kelinga qaynona yoki oilaning boshqa a’zolari turli ko‘rinishda zug‘umlar o‘tkazishi, xotinning er tomonidan kamsitilishi, arzimas oldi-berdilar ham yosh oilalarni ajratib yuborayotgani, shuning ortidan boshqa jiddiy muammolar yuzaga kelayotgani oydinlashmoqda.

Ilmiy-amaliy tadqiqot natijalariga ko‘ra, ajrashgan oila vakillarining 40 foizdan ortig‘i agar o‘z vaqtida yordam berilganida ajrashmagan bo‘lar edik, degan fikrda.

Bu kichik raqam emas

Ha, oilalardagi ajrashishlar jamiyatimizdagi og‘riqli nuqtalardan biri. Markazimiz oilaviy nizolarning tub mohiyati, ajrimlarni ildizini aniqlash, shu asosda muammoning yechimini topishga katta ahamiyat qaratib kelmoqda. Birgina joriy yilning olti oyi mobaynida respublika miqyosidagi hamkor tashkilotlar yordamida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va sudga ajrashish uchun ariza bergan 900 ga yaqin oilani yarashtirishga erishdik. Sa’y-harakatlarimiz samarasida ajrashish yoqasida turgan 13,5 mingga yaqin oila fikridan qaytdi. Natijada 21 mingdan ortiq bola yetimlik qismatidan saqlab qolindi.

Ayni yo‘nalishda oilaviy kelishmovchiliklarni bevosita mahallalarning o‘zida muhokama qilish va er-xotin munosabatlarini jamoatchilik ko‘magida mo‘’tadillashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani qo‘l kelmoqda. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida 19 mingga yaqin oilaviy nizo shu usulda o‘rganildi.

Ajrimlarning sababi…

Tahlillardan ma’lum bo‘ldiki, oilalarning 50,2 foizi er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar, 17,7 foizi oilaviy hayotga qaynona-qaynota va boshqa uchinchi shaxslar aralashuvi, 7,7 foiz befarzandlik, 3,3 foiz xiyonat, 4 foiz moddiy yetishmovchilik va ishsizlik, 5,8 foiz ichkilikbozlik, 3,8 foiz tashqi va ichki migrasiya, 1,5 foiz oila a’zolaridan birining kasalligi, 1,7 foiz uy-joyning yo‘qligi va 5,8 foiz boshqa omillar tufayli ajrashish ajrashish yoqasiga kelib qolgan. E’tibor bering, sabablar arzimas, juda jo‘n va oddiy. Lekin ularning har birida gulday oiladagi rishtalarni barbod qilgudek kuch bor, farzandni ota yoki onasidan ayirishga qodir qudrat bor. Bunday paytda insonning qadri, boy berilgan mehr, ishonchga achinasan kishi. Ming afsus…

Bizningcha, bu kabi salbiy jihatlarni bartaraf etish uchun ajrashish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, jumladan, Oila kodeksini inventarizasiyadan o‘tkazish fursati yetdi. Hozirda oliy o‘quv yurtlarida oilaviy psixologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga juda katta ehtiyoj bor.

Bundan tashqari, oila instituti bilan ishlaydigan mutaxassislarning nizoli holatlarni bartaraf etishda mediasiya xizmatidan foydalanishini yo‘lga qo‘yish, bu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi muhim vazifalarimizdan yana biri zamonaviy oila modelini targ‘ib qilishdan iborat.

Mazkur masalada ham so‘rovlar o‘tkazdik. Aksariyat respondentlar fikricha, zamonaviy namunali oila – bu sog‘lom va muayyan ma’lumotga ega bo‘lgan oila a’zolariga, moddiy farovonlik va qulay psixologik muhitga ega bo‘lgan, farzandlarni an’anaviy milliy qadriyatlar asosida tarbiyalovchi, FHDYoda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan to‘liq (ota-onasi bor) oiladir.

Bunday fikr va qarashlar bizga oilaning ustuvor mezonlarini aniqlash va ularni umumlashtirish imkonini berdi. Shu asosda an’anaviy oila qadriyatlarini saqlab qolgan holda zamonaviy oila modelini shakllantirish uchun tarixiy, madaniy shart-sharoitlarni kompleks tadqiq qilib, ularni hayotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorladik.

Asl holatni haqqoniy baholash kerak

Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar malakali kadrlarga ehtiyojni kuchaytirishi ham tabiiy. Shuni e’tiborga olgan holda Prezidentimizning tashabbusi bilan “Oila” ilmiy-amaliy markazining hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan Maxsus o‘quv kurslarida oila bilan ishlovchi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari ish yuritayapti. Ularda oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy, psixologik asoslari o‘rgatilyapti. Ajrimlarning oldini olish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va boshqa masalalar yuzasidan zamonaviy uslublarda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kurslarda “Oila” ilmiy-amaliy markazining rahbar-xodimlari, fuqarolar yig‘inlarining yarashtirish komissiyasi raislari hamda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari, psixologlar, FHDYo organlari xodimlari, patronaj hamshiralar, profilaktika inspektorlari malaka oshirayapti, o‘zaro tajriba almashayapti.

Hozirga qadar oila bilan ishlovchi jami 10 mingga yaqin mutaxassis ushbu kurslarda saboq oldi. Joriy yilning olti oyi mobaynida yana 5 ming 703 mutaxassis tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘ldi.

Odamlar o‘zi anglab yetmasa, bari befoyda

Gap raqamlarda emas, albatta. Eng asosiysi, oila institutini mustahkamlash uchun real holatni haqqoniy baholash kerak. Odamlarimiz o‘z tafakkuri bilan oilaning muqaddasligini anglab yetmas ekan, urinishlarimiz, undovlarimiz befoyda. Shuning uchun aholi, ayniqsa, yoshlar orasida oilani mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini shunchaki hisobot uchun emas, balki xalqchil, to‘g‘ri tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Bizni o‘ylantirayotgan, qiynayotgan muammolarga yechim ham, biz kutgan natija ham shundagina bo‘y ko‘rsatadi.

 

Farida ABDURAHIMOVA, 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi 

Toshkent shahar boshqarmasi o‘quv bo‘limi rahbari

Manba: hidoyat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Qirg‘izistonda ayol 43 ming dollarni folbin tavsiyasi bilan qabrga ko‘mdi

Ҳужжатга кўра, фолбин аёлга пулларни фақат доллар кўмишни буюрган, акс ҳолда натижа бўлмаслигини айтган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.